Madridning «Real» klubi rahbarlari yozda Londonning «Chelsi» klubining angliyalik himoyachisi Ris Jeyms uchun dahshatli summa to‘lashga tayyor.
Insayder Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» «Chelsi»ning 22 yoshli futbolchi uchun taxminan 70 million yevro to‘lashga tayyor. London jamoasi Jeymsni moliyaviy qiyinchiliklar tufayli sotib yuborishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Risning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar amal qiladi.
Joriy mavsumda Ris Jeyms Angliya Premyer ligasida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.