Futbol

«Roma» Mxitaryanni «Arsenal»dan sotib olmoqchi

26

«Arsenal» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan, u «Roma» tarkibida ijarada o’ynayotgan Rimda qolishi mumkin.
Gazzetta dello Sport xabar berishicha, italyan klubi rahbariyati Mxitaryanning chiqishlaridan mamnun bo’lmoqda va uning shartnomasini sotib olmoqchi. «Arsenal» 31 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Londonliklar armeniyalik xavbekni 25 mln yevroga baholashmoqda. Rimliklar, o’z navbatida, narxni tushirishga ishonch bildirishmoqda. «Arsenal» Mxitaryanni 2018 yilda «Manchester Yunayted»dan 34 mln yevroga sotib olgan.

Fikr bildirish