Biroz avval yakuniga yetgan uchrashuda gol urgan va golli uzatma amalga oshirgan Krishtianu Ronaldu o‘yinning 54-daqiqasida jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi va u tepgan to‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi.
Ma’lumot o‘rnida, Krishtanu “Yuventus” safida 71 marta jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘lgan va shularning 67,6%da to‘p jonli devordan o‘tmagan.
U Turin klubi safida jarimadan yagona golini 2020 yilning iyul oyida “Torino”ga qarshi A Seriya bahsida kiritgan.