Futbol

Ronaldu bu gaplarni rad etdi

161

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 35-turda «Brendford»ni 3:0 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng «qizil iblislar» muxlislariga Manchester klubi bilan ishi tugamagani haqida aytganini rad etdi.

37 yoshli portugaliyalikning o‘yindan keyingi so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi, biroq Ronalduning o‘zi izohlarida bu ma’lumotni rad etdi.

«Men bunday deb aytmadim», – deya yozgan Ronaldu.

Hujumchining «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta golga assistentlik qildi.

Fikr bildirish