Futbol

Ronaldu Italiya sport vaziriga javob qaytardi

21

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya sport vaziri Vinchenso Spadaforaning so‘zlariga o‘z munosabatini bildirdi.

“Men barcha qoidalarga rioya qilgan holda Portugaliyadan qaytdim. Biz tez tibbiy yordam mashinasida keldik va hech kim bilan muloqotda bo‘lmadik, hatto Turinda ham. Hozir muntazam uydaman. Vaqt o‘tkazish uchun quyoshda toblanishga qaror qildim. Men protokolga amal qilyapman va qoidani buzmadim. Vazirning hamma aytgan gapi – yolg‘on”, – dedi Ronaldu Football Italia bilan suhbatda.

Fikr bildirish