Futbol

Ronaldu jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

258

Model Ketrin Mayorga “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduga qarshi ayblovlarni davom ettirmoqda.

 

Futbolchi va model o‘rtasidagi voqea 2009-yil yozida Las-Vegasda sodir bo‘lgan. Qiz Ronaldu uni mehmonxona xonasida zo‘rlaganini aytgan. Portugaliyaliklarning ta’kidlashicha, jinsiy aloqa o‘zaro kelishilgan holda bo‘lgan. Mish-mishlarga ko‘ra, Krishtianu bundan oldin Mayorga jinoiy ta’qib qilishni tugatish uchun 287 ming funt to‘lagan.

 

Xabarlarga ko‘ra, sud ishi davom etmoqda. Sud hujjatlari shuni ko‘rsatadiki, model Ronaldudan 64 mln yevro miqdorida tovon puli so‘ragan.

Fikr bildirish