Futbol

Ronaldu klubga 700 ga kirdi

46

Portugaliyalik bu natijaga erishgan tarixdagi oltinchi o’yinchi bo’ldi. Shu tariqa, Krishtianu ramziy 700 klubining a’zosiga aylandi. Undan tashqari, braziliyalik Romario va Pele, avstriyalik Yozef Bitsan, germaniyalik Gerd Myuller va vengriyalik Ferens Puskas faoliyatida 700 va undan ortiq gol urishgan.

Ronaldu 700-to’pni penaltidan o’tkazdi. Ronaldu “Real” da 450 marta (klub rekordida), “Manchester Yunayted” da 118, Portugaliyada 95 marta (milliy rekord, dunyoda ikkinchi), “Yuventus” uchun 32 va professional faoliyatidagi birinchi klubida 5 marta “Sportingda” gol urgan.

“Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2020 saralash o’yinida Ukraina bilan (1: 2) faoliyatidagi 700-golini urdi.

Fikr bildirish