Futbol

Ronaldu kuchlimi yoki Messi? Kurtua javob berdi

58

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua  Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida fikr bildirdi.  

“Mening fikrimcha, ularning ikkisi ham boshqa dunyodan. Krishtianu – ko‘proq atletizm, kuch, tezlik. U gol sezish mahoratiga ega va joy tanlashni biladi. 

Bu gaplar Messiga ham tegishli. U biroz iqtidorliroq, kutilmaganda qochishni, to‘rta himoyachini aldab o‘tishni biladi… 

Ammo ularni taqqoslab bo‘lmaydi va men ulardan birini kuchli deya olmayman. Ularga qarshi o‘ynaganimdan faxrlanaman. Albatta, ikkisi ham menga gol urishgan”, – dedi darvozabon. 

Fikr bildirish