Futbol

Ronaldu onasiga o‘zining o‘yinlarini jonli ko‘rishni taqiqlab qo‘ydi

164

Krishtianu Ronalduning onasi Dolores o‘g‘lining Angliya Premyer-ligasidagi debyut o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Krish onasiga “Manchester Yunayted”dagi birinchi o‘yinini ko‘rishni taqiqlab qo‘ydi. “Yuventus”ning sobiq hujumchisining ta’kidlashicha, 66 yoshli Dolores stadionda o‘g‘lining o‘yinlarini jonli ko‘rib, juda ham asabiylashmoqda. Ronalduning so‘zlariga ko‘ra, xavotirlar tufayli onasi ikki marta hushidan ketgan, o‘g‘lining o‘yinlarini jonli tomosha qilib, bir necha bor xushidan ketgan.
“Endi mening katta o‘yinlarni ko‘ra olmaydi. Men onamga aytdim: “Mening otam yo‘q. Endi onamni ham yo‘qotishni xohlamayman, shuning uchun siz chorak final, yarim final va final doirasidagi o‘yinlarimni jonli ko‘rmaysiz”, – deydi Ronaldu Daily Mail nashriga bergan intervyusida.
Ronalduning “Manchester Yunayted”dagi debyut uchrashuvi 11 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qiladi.
 

Fikr bildirish