Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu jamoaga qaytgan Pepeni ajoyib kutib oldi. Himoyachi koronavirus sabab JCH-2022 saralash yarim final uchrashuvini o‘tkazib yubordi.
«Qirol qaytib keldi! Ehtiyot bo‘ling!», – deya 39 yoshli Pepe kiyinish xonasidan chiqib kelganidan so‘ng, Ronaldu baqirgan.
Portugaliya terma jamoasi JCH-2022 saralashining nimchorak finalida Turkiyani mag‘lub etdi (3:1). Saralash turniri finalida esa Shimoliy Makedoniya bilan kuch sinashadi.