Futbol

Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollar soni bo‘yicha Peleni ortda qoldirdi

101

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 15-turidan o‘rin olgan «Udineze» (4:1) bilan bahsda dublga erishdi.

Goal'ning ma’lumotiga ko‘ra, faoliyatidagi 1032-rasmiy o‘yinini o‘tkazgan portugaliyalik futbolchi gollarini 758taga yetkazib, braziliyalik sobiq hujumchi Peleni ortda qoldirdi. Futbol qiroli 812ta rasmiy bahsda 757ta to‘p kiritgan. 

Ushbu ko‘rsatkich borasida rekord 1931-1955 yillar oralig‘ida o‘ynagan chexiyalik sobiq forvard Yozef Bisanga tegishli – 759 gol.

Fikr bildirish