Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 11 ta gol bilan Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Ronaldu Yevro-2020 guruh bosqichining 1-turida Vengriyaga qarshi o‘yinda (3:0) ikkita gol urdi va to‘qqizta gol urgan afsonaviy fransuz Mishel Platinini ortda qoldirdi.
36 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 176 uchrashuv o‘tkazib, 106 ta gol urgan.