Futbol

Ronaldu yoki Messi. Habib qanday javob berdi?

186

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov EFC 40 turniridan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida nima uchun Krishtianu Ronalduni Lionel Messidan ustun deb bilishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Sizningcha, Ronaldu Messidan kuchliroqmi?

– Ha, men shunday deb o‘ylayman.

– Nimaga?

– Messi ham juda yaxshi o‘ynaydi. U tarixdagi eng yaxshilaridan biri. Menimcha, o‘yin jihatidan ular taxminan tengdir. Ammo Krishtianu undan kuchliroq.
Krishtianu 17 yildan buyon tepada. 2004 yilda u Yevropa chempionati finalida o‘ynagan va u yerda eng yaxshilaridan biri bo‘lgan. Hozir 2021 va Ronaldu hali ham gol urmoqda. Bu hodisa futbolda hech qachon bo‘lmagan. Messi qachon boshlagan? 2005-2006? Hatto undan ham keyinroq.

– 2005 yilda YECHLni kim yutgan?

– “Liverpul”.

–  2006 yildachi?

– “Barselona”.

– Xo‘sh, Messining bunga aloqasi yo‘qmi?

– Menimcha, bunga umuman aloqasi yo‘q edi. Sababi, o‘sha paytda boshqa odam bor edi [Ronaldinyo].
Siz turli yo‘llar bilan fikrlashingiz mumkin. Messi va Ronalduni, “Real” va “Barsa”ni, “Mersedes” va “BMV”ni solishtiradigan odamlar bor. Mening shaxsiy fikrimcha, Krishtianu yetakchi.

Fikr bildirish