Futbol

Ronalduning yakuniy qarori qanday bo‘ladi?

297

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin orada jamoani tark etishi mumkin.   

Gap shundaki, mavsumning yakuniy natijalariga ko‘ra, «Yuventus» Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, portugal jamoani tark etadi.

«Tuttosport» nashrining yozishicha, Krishtianu PSJ yoki «Manchester Yunayted» klublaridan biriga ko‘chib o‘tadi. Ammo mazkur jamoalarni Ronalduning maoshi kattaligi o‘ylantirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, «Yuventus» ayni dam Italiya A Seriyasida 66 ochko to‘plab,
4-pog‘onani egallab turibdi.

Fikr bildirish