Musobaqaning beshinchi kungi bahslaridan so’ng O’zbekiston sport delegaciyasi hisobidagi medallar soni 67 taga etdi. SHulardan 17 tasi oltin medallardir. Kumush medallar soni 26 ta, bronzalar esa 24 tani tashkil etmoqda.
Kecha “Tulpar” sport arenasida musobaqa dasturidan o’rin olgan muaytay bahslari bo’lib o’tdi. Taybokschilarimiz terma jamoamiz delegaciyasiga 8 ta medal taqdim etishdi. 57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Faxriddin Hasanov barcha raqiblarini engib, MDH o’yinlari chempioniga aylandi. U finalda qirg’izistonlik Ularbek Abdievni mag’lubiyatga uchratdi. Parviz Abdullaev (63,5 kg) kumush, Davlatshoh SHamsiev (60 kg), Rahimjon Boltaboev (67 kg), Karimjon Karimov (71 kg), Azizbek Madaminov (75 kg), SHahramxon Hasanxonov (81 kg), Ismatilla Ismatillaev (91 kg) bronza medaliga sazovor bo’ldi.
3×3 basketbolda Farangiz Jalilova, Anastasiya Coy, Ramilya Zamaletdinova, Inna SHekdan iborat ayollar terma jamoamiz bronza medaliga ega chiqdi. O’zbekiston sport delegaciyasi 67 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o’rinni egallab turibdi.
Ayni shu daqiqalarda Rossiya terma jamoasi medallar jamg’arish bo’yicha hamon katta farq bilan peshqadamlik qilyapti. Ularga hech kim eta olmasligi kundek ravshan. Mezbonlar 81 ta oltin, 21 ta kumush, 29 ta bronza, jami 131 ta medalni qo’lga kiritib ulgurishgan. Ozarbayjon 12 ta oltin, 9 ta kumush, 18 ta bronza medali bilan uchinchi o’rinni band etgan. O’n bitta oltin, 29 ta kumush, 39 ta bronza medaliga ega Qozog’iston delegaciyasi to’rtinchi pog’onadan joy olgan.
Bugun (9 sentyabr) 6 ta sport (dzyudo, karate, badiiy gimnastika, raqs sporti, o’q otish, futzal) turidan bahslar bo’lib o’tadi.