Futbol

Rossiya terma jamoasining murabbiylar shtabi bilan bo’ladigan Evro-2020 saralash o’yinlari uchun jamoaning tarkibini e’lon qildi

24

Rossiya terma jamoasining murabbiylar shtabi Belgiya (16-noyabr, Sankt-Peterburg) va San-Marino (19-noyabr, Serravalle) bilan bo’ladigan Evro-2020 saralash o’yinlari uchun jamoaning tarkibini e’lon qildi, jami 25 nafar futbolchi ro’yxatga kiritilgan.
Darvozabonlar: Gilyerme (“Lokomotiv”), Soslan Janaev (Sochi), Anton Shunin (“Dinamo”);
Himoyachilar: Maksim Belyaev (“Arsenal” Tula), Georgiy Jikiya (“Spartak”), Vyacheslav Karavaev (“Zenit”), Fedor Kudryashov (“Sochi”), Sergey Petrov (“Krasnodar”), Andrey Semenov (“Axmat”) , Mario Fernandes (CSKA), Dmitriy Chistyakov (“Rostov”);
Yarim himoyachilar: Zelimxon Baqoev, Roman Zobnin (ikkalasi – “Spartak”), Dmitriy Barinov, Rifat Jhemaletdinov, Aleksey Miranchuk (hammasi -“Lokomotiv”), Aleksandr Golovin (“Monako”), Yuriy Jirkov, Daler Kuzyaev, Magomed Ozdoev (barchasi – “Zenit”), Aleksey Ionov (“Rostov”), Daniil Fomin (“Ufa”), Denis Cherishev (“Valensiya”);
Hujumchilar: Artyom Dziuba (“Zenit”), Nikolay Komlichenko (“Mlada Boleslav”).

Fikr bildirish