Futbol

Roy Kin: «Ronalduning o‘rnida bo‘lganimda kiyinish xonasida Felishni quvlagan bo‘lardim»

283

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarimhimoyachisi Roy Kin Yevro-2020 1/8 finalidan o‘rin olgan Belgiyaga (0:1) qarshi bahsdan keyin Portugaliya hujumchisi Joau Felishni tanqid qildi.

«Bu yigit qallob. Sen mamlakatingga keraksan,  maydonga tush va darvozaga zarba ber!

Uning narxi 100 mln funt? Ronalduning o‘rnida bo‘lganimda, kiyinish xonasida uni quvlagan bo‘lardim. Shunchaki lolman!» — deya Kinning so‘zlarini keltiradi ITV Football.

Fikr bildirish