Futbol

RUSADА chetlatilsa, Rossiyаga Yevro-2020ga ruxsat berilmasligi va Sankt-Peterburgdagi turnir o’yinlari olib tashlanishi mumkin (Daily Mail)

26

Rossiya Jahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan boshqa sanksiyalarga duch kelishi mumkin. Daily Mail xabarlariga ko’ra, Moskva RUSADA laboratoriyasining ma’lumotlari soxtalashtirilganligi isbotlagan taqdirda, Rossiya sport musobaqalarida ishtirok etish, hamda turnirlarni o’tkazish huquqidan mahrum bo’ladi. WADA ijroiya qo’mitasi 9 dekabr kuni, RUSADA litsenziyasini bekor qilinishini talab qilishi kutilayotgan mustaqil qo’mitadan rasmiy tavsiyani ko’rib chiqish uchun yig’iladi. Shunga ko’ra, agar sport arbitraj sudi Rossiya e’tirozini qabul qilmasa va sanksiyalarga rozilik bildirsa, Rossiya Federatsiyasi Tokiodagi Olimpiya o’yinlari va Paralimpiyadan, shuningdek Yevro-2020dan chetlatilishi mumkin. Bundan tashqari, Sankt-Peterburgdagi turnir o’yinlari o’tkazilishi ham noma’lumligicha qoladi.

Fikr bildirish