Jang san’atlari

Sergey Kovalyov: “Agar men yaxshi dam olganimda,”Kanelo” g’alaba qozona olmas edi”

33

Og’ir vazndagi sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov, agar Entoni Yardga qarshi jangdan keyin dam olishga yetarli vaqt bo’lganida, u WBO yo’nalishi bo’yicha o’rtayengil vazn toifasidagi chempion Saul Alvarezga yutqazmasligiga ishonmoqda. “Endi keling, haqiqatga ochiq ko’z bilan qaraymiz. Agar jang, may oyining boshida tayyorgarligimni boshlagan Entoni Yard bilan bo’lgan oldingi jangdan so’ng,  to’liq dam olishimdan keyin bo’lganida, Kanelo meni mag’lub eta olmas edi.

“Kanelo” jamoasida hamma mayda detallar hisoblab chiqilgan va may oyidan beri angliyalik bilan jang uchun og’ir mashqlar va vazn ortidan yugurish meni limon kabi siqib qo’yganida menga qiziqarli tijorat taklifini qilishgan. Dastlab Yard bilan jang 29 iyunga rejalashtirilgan edi, keyin esa jangdan 3 hafta oldin 24 avgustga qoldirildi. Keyin 3 haftalik dam olish va yana 2-noyabr kuni jangga tayyorgarlik. Bularning barchasi 12 kilogrammni tashlaganimni hisobga olgan holda  o’rtayengil vazn chegarasini qondirish uchun. Men bunday sharoitlarda jangga 100% tayyor emas edim, ammo men chaqiriqni qabul qildim, chunki jangga chaqirilganimda qanday to’xtash kerakligini bilmayman. Mana shu sharoitlarda ham g’alabamdan umidvor edim.

Fikr bildirish