SHevchenko va Polsha futbol ittifoqi o’rtasidagi shartnoma shartlari kelishilgan. 45 yoshli mutaxassis yiliga 2,5 mln evro maosh oladi. Mablag’ning bir qismini Polsha futbol ittifoqi, qolganini homiylar to’lashadi.
SHevchenko “Jenoa” bilan shartnomani bekor qilishning ayrim muammolari hal qilingandan so’ng rasman Polsha terma jamoasini qabul qilib oladi. SHeva oldinroq Ukraina termasini boshqargan va jamoani Evropa chempionati 1/4 finaligacha olib chiqqan edi.