Shimoliy Makedoniya davlati prezidenti Stevo Pendarovskiy o‘zining “Tvitter”dagi rasmiy sahifasida Portugaliya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuvdan oldin post qoldirdi.
Pendarovskiy UYEFAning “Tvitter”dagi rasmiy sahifasi qoldirgan postini havola qilgan.
“Tayyor tur, Krishtianu! Navbat senga!” – deb yozadi mamlakat rahbari.
Jahon Chempionatiga yo‘llanma beruvchi Portugaliya – Shimoliy Makedoniya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi.