Vanihoyat, rimliklar ustozi Joze Mourinyu Eldor SHomurodovni ilk daqiqalardan maydonga tushirishga qaror qildi va u 76-daqiqda almashtirildi. O’zbekistonlik klub safida 29 uchrashuvdan beri birinchi marotaba asosiy tarkibga kiritildi. Bungacha u 18 bahsda zaxiradan o’yinga qo’shilgan, 11 tasida esa qaydnomadan joy olib, uchrashuvga tushmagandi.
26 yoshli hujumchi A Seriya 2021/22 yilgi mavsumida 28 bahsda qatnashib, 3 ta gol urdi va 4 ta assistni o’z hisobiga yozdirdi. SHuningdek, Eldor ikki bor sariq kartochka ham oldi. U o’tgan mavsum “Jenoa” safida 31 uchrashuvda 8+1 natija ko’rsatgandi.
Eslatib o’tamiz, rimliklarni oldinda Konferenciyalar Ligasi finali doirasida 25 may kuni “Feyenoord”ga mavsumdagi hal qiluvchi bahs kutmoqda.