Futbol

Shomurodov Mourinyodan xafami? Futbolchi intervyu berdi

298

“Roma”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov Sport Ekspress muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida Joze Mourinyodan xafa bo‘lganmi yoki yo‘qligini aytdi.

– “Roma” sizni bir mavsum avval “Jenoa”dan ikki yarim baravar qimmatga sotib oldi. Rimdan kelgan taklif yagonamidi? Va keyin ular jurnalistlar “Yuventus” va boshqa jamoalardan qiziqisg bo‘lganini ham aytishdi.

– Bizda variantlar bor edi va “Roma” eng yaxshisi bo‘lib chiqdi. Bu yerda o‘ynab ketishimga ishonchim komil edi.

Shomurodov Mourinyodan xafami? Futbolchi intervyu berdi

Ishonchingiz pasaydimi?

– Yo‘q. Agar men hamma narsani to‘g‘ri qilsam, hammasi yaxshi bo‘ladi.

– Klubdagi faoliyatingizdagi qiyin vaziyatni o‘zingiz qanday boshdan kechirasiz? Agar tubdan hech narsa o‘zgarmasa, keyingi mavsumda “Roma”da qolishni xohlaysizmi?

– Terma jamoa safida intervyu berganimdagi gaplarim italyanchaga noto‘g‘ri tarjima qilingan. Men “Roma”ni tark etish istagi haqida gapirmadim. Men qolishni va o‘z qadrimni isbotlashni xohlayman. Shunchaki, hech bir futbolchini maydonga kamdan-kam kirishi qoniqtirmaydi. Men xavotirdaman, lekin yaxshiman. Barcha futbolchilarda shunday davrlar bo‘ladi. Bu yerda asosiy narsa sabr-toqat va mehnatdir. Va keyin hammasi yaxshi bo‘ladi. Bu qiyin bo‘lishini bilardim, lekin o‘zimdan ko‘proq narsani kutaman.

Shomurodov Mourinyodan xafami? Futbolchi intervyu berdi

– Mourinyo sizdan voz kechganini his qilmadingizmi?

– Mutlaqo yo‘q. Biz avvalgidek ishlaymiz.

– Temmi Abraxam “Chelsi”dan 40 million yevro evaziga olingan, bu sizdan bir necha barobar qimmatroq. Asosan o‘rinbosar sifatida maydonga tushishingiz kerakligini tushundingizmi?

– Tushundim. Ammo men “Roma”ga o‘tganimda, Abraxam hali u yerda emas edi. Biz u bilan yaxshi munosabatdamiz. Umuman olganda, butun faoliyatim davomida men o‘rinbosar sifatida maydonga tushish zarurati haqida xotirjamman.

Shomurodov Mourinyodan xafami? Futbolchi intervyu berdi

– “Yuventus”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, 3:1 hisobida oldinda bo‘lib, 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lganingizda shaxsan Mourinyo sizni tanqid qilgandi. Buni qanchalik og‘riqli his qildingiz?

– Shunday bo‘ldiki, zahiradan tushganimdan so‘ng hammasi noto‘g‘ri ketdi. Uchinchi gol oldidan men xatoga yo‘l qo‘yganga o‘xshayman. Shunday qilib, uning so‘zlarida hech qanday ayb yo‘q edi. Faqat muxlislarni xursand qilish istagi bor. Har bir o‘yinda stadionda aqldan ozgan muhit hukm suradi, deydi hamyurtimiz rus jurnalistiga bergan intervyusida.

Fikr bildirish