Jang san’atlari

Shota Arveladze Turkiya klubidan tushgan taklifga qanday javob berdi?

27

Shota Arveladze Turkiya klubidan tushgan taklifga qanday javob berdi?

Futbol 20 oktabr, 2020, 18:07 2 Teglar:Turkiya
|
Trabzonspor
|
Paxtakor
|
Shota ArveladzeMurabbiyning “sherlar” bilan tuzgan shartnomasi shu yili tugaydi

Biroz avval, Turkiyaning “Trabzonspor” klubi “Paxtakor” ustozi Shota Arveladzega qiziqish bildirgani va unga taklif yuborgani borasida xabar bergandik. 

Turkiyaning “Hurriyet” nashri yozishicha, “Trabzonspor”ning natijalari yomonlashgani bois angliyalik murabbiy Eddi Nyutonning o‘rniga Shota Arveladze nomzodi ko‘rilmoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, klub rahbariyati “Paxtakor”da yiliga 1.5 million evro maosh oladigan va 1.5 oydan so‘ng shartnomasi tugaydigan murabbiyga rasmiy taklif bildirgan. Arveladze esa, bunga javoban toshkentliklar bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng gaplashishini aytgan.

Shota Arveladzega xorijdan taklif bo‘ldi. Murabbiyning “Paxtakor”dagi maoshi ma’lum

Shota Arveladze Turkiya klubidan tushgan taklifga qanday javob berdi?

Eslatib o‘tamiz, Shota Arveladzening “Paxtakor” bilan tuzgan dastlabki shartnomasi o‘tgan yili yakunlangandi va tomonlar 2020 yilning so‘nggiga qadar bitimni uzaytirishgandi.

Gruziyalik mutaxassis 2017 yilning yozidan beri “Paxtakor”ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘li ostida “sherlar” o‘tgan yili ilk bor yurtimizda treblga ega chiqqan klubga aylandi.

Arveladze murabbiylik faoliyatini 2008 yil AZ klubida Lui Van Galning yordamchisi sifatida boshlagan. Keyin Turkiyada “Qayserispor” va “Qosimposho” jamoalarini boshqargan. Isroilda «Makkabi» Tel-Aviv klubida ishlagan.

Fikr bildirish