Jang san’atlari

Shota Arveladzega xorijdan taklif bo‘ldi. Murabbiyning “Paxtakor”dagi maoshi ma’lum

74

Shota Arveladzega xorijdan taklif bo‘ldi. Murabbiyning "Paxtakor"dagi maoshi ma’lum

Futbol 20 oktabr, 2020, 17:08 3 Teglar:Turkiya
|
Trabzonspor
|
Paxtakor
|
Shota ArveladzeGruziyalik mutaxassis o‘zi uchun qadrdon mamlakatda ish boshlashi mumkin

Toshkentning “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Turkiyaning “Hurriyet” nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, mamlakatning “Trabzonspor” klubi Arveladzening xizmatlariga qiziqish bildirib, unga taklif yuborgan. Chunki ichki chempionatda jamoa “Istanbul Bashakshehir” klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu esa, bosh murabbiy Eddi Nyutonning klubdagi faoliyati uzoqqa bormasligini ko‘rsatdi. Shuning uchun, “Trabzonspor” jamoada avval ham ishlagan Arveladzega ishonch bildirmoqchi.

Nashrda yozilishicha, gruziyalik mutaxassis “Paxtakor”da yiliga 1.5 million evro maosh oladi.

Fikr bildirish