Futbol

SHu yilning iyul oyida Dragan CHeranning O’zbekistondagi faoliyatiga 5 yil to’ladi.

54



SHu yilning iyul oyida Dragan CHeranning O'zbekistondagi faoliyatiga 5 yil to'ladi.

“Dragan CHeran O’zbekiston terma jamoasiga kerakmi?” (so’rovnoma yakunlari)

Teglar : 
Dragan CHeranSo’rovnoma so’rov
SHu yilning iyul oyida Dragan CHeranning O’zbekistondagi faoliyatiga 5 yil to’ladi.

Malumki, FIFA qoidalariga ko’ra, bir futbolchi boshqa mamlakatda kamida 5 yil o’ynab, keyinchalik shu yurt fuqaroligini olsa, milliy terma jamoada o’ynashi mumkin. 

SHu bois Telegram kanalimizga "Paxtakor" etakchisi Dragan CHeran bilan bog’liq so’rovnoma qo’ygandik. Malumki, o’tgan yil rossiyalik himoyachi Igor Golban O’zbekiston terma jamoasida o’ynashga muvaffaq bo’ldi. Balki bu mavsum CHeranga ham shu nasib etar. 

So’rovda qatnashganlarning 66 foizi "CHeran O’zbekiston terma jamoasiga kerakmi?" degan savolga "Ha" deb javob berishgan. 29 foiz o’quvchi "Yo’q" variantini tanlagan hamda 5 foiz muxlislar "Bilmadim" degan fikrga kelgan.

Dragan CHeran shubhasiz iqtidorli futbolchi hamda sermahsul to’purar. Mana ketma-ket ikkinchi yildirki CHeran O’zbekiston Superligasi to’purari bo’ldi. Lekin gap milliy jamoa haqida borar ekan, baribir etti o’lchab bir kesishga to’g’ri keladi. Va bu erda bosh murabbiyning ham fikri muhim o’rin tutadi.

SHu yilning iyul oyida Dragan CHeranning O'zbekistondagi faoliyatiga 5 yil to'ladi.

Fikr bildirish