Bunda O’zbekiston futzal terma jamoasi ham ishtirok etadi. Malumki, o’tgan yil futzal bo’yicha Osiyo chempionati o’tkazilishi hamda bu musobaqa JCHga yo’llanma berishi lozim edi. Biroq koronavirus tufayli Turkmaniston musobaqaga mezbonlik qilishdan bosh tortdi. So’ngra Quvaytga berildi va Quvaytda ham virus sabab o’tkazilmay qoldi.
Keyinchalik OFK bu yilgi musobaqani o’tkazmaslikka qaror qildi va terma jamoalarning reytingda tutgan o’rniga qarab jahon chempionatiga borishini aniqlab olishga kirishdi. Malumki, FIFA OFK uchun 5ta yo’llanma ajratgan va hozirda mundialda ishtirok etadigan Osiyoning 3 terma jamoasi aniq: Eron, Yaponiya va O’zbekiston. Yana ikkita jamoa pley-off bahslaridan so’ng malum bo’ladi.
Pley-off bosqichida Iroq – Tailand va Vetnam – Livan terma jamoalari o’zaro kurash olib boradi. O’yinlar uy-mehmon tarzida o’tkaziladi. Dastlabki bahslar 20 may, javob uchrashuvlari 25 mayga belgilangan. Ushbu ikkita juftlikda o’zini ko’rsatgan ikki jamoa ham jahon chempionatiga yo’l oladi.
Nechta ishtirokchi malum?
Litvadagi jahon chempionati shu yilning 12 sentyabr – 3 oktyabr sanasida o’tkaziladi. Musobaqa Litvaning uchta – Vilnyus, Kaunas hamda Klaypeda shaharlarida bo’lib o’tadi. Futzal bo’yicha jahon chempionatida 24ta terma jamoa qatnashadi. Jamoalar to’rttadan 6 guruhga bo’linadi. Hozircha 18 jamoa malum bo’lgan:
Yaponiya
Eron
O’zbekiston
Angola
Misr
Marokash
Argentina (amaldagi chempion)
Braziliya
Paragvay
Venesuela
Solomon orollari
Litva (mezbon)
Qozog’iston
Portugaliya
Rossiya
Ispaniya
CHexiya
Serbiya
P.S. Yana 6ta jamoa saralash o’yinlaridan so’ng malum bo’ladi.