Shvesiya termasi bosh murabbiyi Yanne Anderson O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin shvedlar darvozasiga gol urgan Eldor Shomurodovni maqtadi.
“Bugun o‘yinni asosan biz nazorat qildik, lekin O‘zbekiston ham vaqti-vaqti bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Umuman olganda, yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik. Raqib safida 14-raqamdagi gol urgan futbolchi kuchli ekan”, – dedi murabbiy.