Futbol

Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanecning terma jamoamiz postiga kelayotgani so’nggi kunlarda aktual mavzu bo’lib turibdi.

239



Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanecning terma jamoamiz postiga kelayotgani so'nggi kunlarda aktual mavzu bo'lib turibdi.

Terma jamoada bosh murabbiydan tashqari yana nimani o’zgartirish kerak? Katanecning kelishi kimga ko’proq foyda? Ekspert fikri

Teglar : 
O’zbekiston milliy terma jamoasiSrechko Katanec Yorqin Nazarov
Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanecning terma jamoamiz postiga kelayotgani so’nggi kunlarda aktual mavzu bo’lib turibdi.

Bu borada turli mutaxassislar, futbol ichidagi shaxslar o’z fikrlarini va munosabatlarini bildirishmoqda. Albatta har kim o’z qarashiga ega. Buni inkor qila olmaymiz. Srechko Katanecning terma jamoamiz bosh murabbiyi bo’lishiga tajribali mutaxassis Yorqin Nazarov ham o’z mulohazalarini bildirdi.

– Srechko Katanecning terma jamoamizga bosh murabbiy bo’layotganligini eshitganingizdan so’ng dastlab qanday fikr yuzaga keldi?

– To’g’rsini aytsam, ushbu murabbiy haqida ko’p malumotga ega emasman. Srechko Katanecning ish jarayonini kuzatmaganman. Lekin oxirgi ish joyi Iroq terma jamoasi bo’ldi. Mazkur mamlakatda yomon faoliyat olib bordi, deya olmayman. Iroqni Jahon chempionati saralash raundining hal qiluvchi bosqichiga olib chiqdi. Eron bilan raqobatlashdi. O’zbekiston futbol associaciyasida terma jamoa murabbiylari bilan ishlaydigan bo’lim bor. Ular yaxshilab o’rgangan, deb o’ylayman. Boisi bir marotaba Ektor Kuperni ilk turdan so’ng istefoga chiqarib katta pul to’lashgan. Xorijdan murabbiy taklif qilishdan oldin har tomonlama, uslubi, xarakteri, futbolimizga qay darajada mos ekanligini bilish zarur. Kerak bo’lsa, avvalgi ishlagan joyidan so’rash lozim. 

– Katanec Kuperdan farqli ravishda Osiyoda ishlagan. Taktik jihatdan yaxshi mutaxassis, deya olamiz. Mana shu jihatdan u Ektor Kuperdan farqli ravishda foyda keltira oladimi?

– Argentinalik mutaxassis himoyaviy uslubda o’ynatardi. Srechko Katanecni esa kelgach endi bilib olamiz. Xorijlik murabbiyning kelishi ko’proq yosh futbolchilarga, ikkinchidan terma jamoaga chaqirilmagan, ko’pchilik etibor qilmagan ijrochilarga foydaliroq bo’ladi. 

– Bosh jamoamiz uchun munosib bo’lgan yana qaysi xorijlik murabbiylar nomzodini ko’rsata olasiz? SHaxsiy fikringiz qiziq… 

– Bilishim bo’yicha nomzodlar orasida Qurbon Berdiev ham bor edi. U ham yomon tanlov emasdi. Birinchidan til bilan bog’liq muammo bo’lmaydi. Ko’rsatmalarini tushunarli qilib etkazadi. O’zbekistonning mentalitetini biladi. 

Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanecning terma jamoamiz postiga kelayotgani so'nggi kunlarda aktual mavzu bo'lib turibdi.

– O’zimizning mahalliy murabbiylardan ayni paytda  kimni terma jamoani boshqarishga loyiq, deb o’ylaysiz? 

– Mahalliy mutaxassislardan kimni aytishni ham bilmayman. CHunki terma jamoada bosim katta bo’ladi. Qaysidir klubda ishlagandan so’ng, o’zi bilgan futbolchilarni chaqirishiga to’g’ri keladi. 

– Bosh murabbiydan tashqari yana nimani o’zgartirish kerak?

– Ushbu masalada shaxsiy fikrim shundan iboratki, O’zbekiston futbol associaciyasiga Rossiya, Ukraina yoki Germaniyadan bitta yaxshi saviyadagi texnik direktor taklif qilish kerak. Barcha ishlarni joyiga qo’yadi. Evropa terma jamoalari bilan o’rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qiladi. Keyin nafaqat milliy terma jamoa, balki barcha yosh toifalarilaridagi jamoalarga ham tasir ko’rsatadi. Bu amaliyotda qo’llanilgan. Asli germaniyalik do’stim Ozarbayjon futbol federaciyasida texnik direktor sifatida faoliyat olib bordi. Barchasini yo’lga qo’ydi. Milliy terma jamoada o’zgarishlar ro’y berdi. Bizga ham Evropadan texnik direktor kerak. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Fikr bildirish