Boks/MMA

Sobiq UFC jangchisi tashkilotga katta miqdorda pul to’laydi.

331

UFC faxriysi Mark Xant Brok Lesnar bilan jangi yuzasidan sudda yutqazdi. Xantning so’zlariga ko’ra, UFC jangi oldidan doping qo’llagan Lesnarni tan olish uchun o’zining doping-test tizimini manipulyaciya qilib, shtat va federal qonunlarni buzgan. 

Jangchining promouterlik shartnomasida, agar Xant UFC’ni sudga berib, ishda yutqazsa, u tashkilotga advokatlarning barcha harajatlarini to’lashi kerakligi aytilgan. Sud Xantdan UFC foydasiga sud xarajatlari uchun 388 ming dollar undirilishi haqida qaror chiqardi. U bu qarorga etiroz bildirmoqchi bo’ldi, chunki bir nechta davolar hali ko’rib chiqilmagan, ammo shikoyat rad etilgan. 

Mark Xant 47 yoshda. U o’zining so’nggi jangini 2018 yil oxirida o’tkazgan va unda Jastin Uillisga yutqazgan.

Fikr bildirish