Bosh sahifaFutbolSo’nggi paytlarda hakamlar bo’yicha muammoalar ko’payib ketyapti. Gap ularning saviyasi haqida. Bundan bir necha yil avval yopib yuborilgan hakamlar maktabi bunga asosiy sabab bo’lmoqda.
So’nggi paytlarda hakamlar bo’yicha muammoalar ko’payib ketyapti. Gap ularning saviyasi haqida. Bundan bir necha yil avval yopib yuborilgan hakamlar maktabi bunga asosiy sabab bo’lmoqda.
Hakamlar maktabi ochiladimi yoki bizga yangi nomlar kerak emasmi?
Teglar : O’FAHakamlar
So’nggi paytlarda hakamlar bo’yicha muammoalar ko’payib ketyapti. Gap ularning saviyasi haqida. Bundan bir necha yil avval yopib yuborilgan hakamlar maktabi bunga asosiy sabab bo’lmoqda.
Farhod Abdullaev kabi o’ta yuqori klassdagi mutaxassis chet elga ishga ketgani esa bizning fojiamiz.
O’FAga savollarimiz yig’ilib qolgan:
1. Nima uchun hakamlar maktabini ochish va viloyatlarda ham yangidan yangi hakamlarni kashf qilmaymiz, aniq sanasi bormi maktabni qayta ochish bo’yicha?
2. Nima uchun O’FAda bo’lib o’tayotgan savolli o’yinlarni tahlilini qilib hakamlarning malakasi ustida ishlamaymiz?
3. Nima uchun xalqaro arenalardagi hakamlarimiz keskin kamayib ketdi? Balki chet eldan hakamlarni chaqirib master klass o’tarmiz?
4. Nima uchun chetlatiladigan hakamlar haqida axborot chiqmaydi, "sankciyaga" uchragan klub vakillarini elon qilinadi-ku?
5. Quyi pog’onadagi hakamlar bilan kim ishlaydi yoki ular haqida faqat "rekomendaciya" bergan payt bilasizlarmi?
Yoki bizga yangidan yangi nomlar boshqa kerak emasmi, yoki tarixdagi natijalarimizni eslab yurishimiz kerakmi faqat?