Futbol

“Spartak” – “Paxtakor” uchrashuvini qaysi kanal namoyish etishi malum

19

O’zbekistonning amaldagi chempioni "Paxtakor" va Rossiyaning 10 karra chempioni "Spartak" jamoalari o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvi tashkillashtiriladi. Tedesko boshqaruvidagi "Spartak" Rossiya premer ligasining ikkinchi davrasi oldidan o’z maydonida oxirgi tayyorgarlik o’yinini "sherlar"ga qarshi o’tkazsa, "Paxtakor" Superligadagi yangi mavsum oldidan Moskvada jiddiy imtihon topshiradi. 

Mazkur uchrashuvni translyaciya qilish huquqini Rossiyaning "Match TV" telekanali qo’lga kiritdi. 22 fevral kuni bo’lib o’tadigan "Spartak" — "Paxtakor" uchrashuvini "Match TV" to’g’ridan-to’g’ri efirda namoyish etadi. O’yin Moskva vaqti bilan soat 13:55da, Toshkent vaqti bilan esa 15:55da boshlanadi. 

Ajoyib qarama-qarshilik Moskvadagi "Spartak"ning uy stadioni hisoblangan "Otkritie Arena"da bo’lib o’tadi.

SHu o’rinda Moskvada istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyatini davom ettirayotgan o’zbekistonlik futbol ishqibozlarini mazkur o’yinga taklif qilamiz va "Paxtakor"ni ushbu ajoyib to’qnashuvda yolg’izlatib qo’ymasliklarini so’raymiz.

Malumot o’rnida shuni aytish kerakki, Osiyo chempionlar ligasining 2-turi doirasidagi "SHaxr Xodro"ga qarshi o’yindan keyin "Paxtakor"ning 5 nafar futbolchilari: Eldorbek Suyunov, Egor Krimec, Umar Eshmurodov, Abror Ismoilov va Igor Sergeev O’zbekiston milliy terma jamoasi ixtiyoriga jo’nab ketadi va "Spartak" bilan bo’ladigan bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Fikr bildirish