Tennis

St.Petersburg Open. Xachanov o’z vatandoshlari ko’z o’ngida yutqazdi

16

Musobaqaning chorak finalida dunyoning 17-raketkasi bo’lib turgan Karen Xachanov mag’lubiyat alamini totib ko’rdi. Rossiyalik tennischi 1 soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda reytingning 21-pog’onasidan joy olgan kanadalik Milosh Raonichga imkoniyatni boy berdi – 1/6, 6/7(1).

Karen uchrashuv davomida 6 ta, Milosh esa 15 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu tennischilarning o’zaro ilk uchrashuvi edi. Endi Raonich Sankt-Peterbug turniri yarim finalida xorvatiyalik Borna CHorichga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish