Xokkey

Stenli Kubogi. Pley-off bosqich juftliklari malum

25

“Kolambus Blyu Jekets” hamda “Toronto Meypl Lifs” (“Kolambus” 3:0 hisobida g’alaba qozongan) uchrashuvida so’ng Stenli Kubogining barcha juftliklari oydinlashdi.

G’arbiy konferenciya 

«Vegas» – «CHikago» 

«Kolorado» – «Arizona» 

«Sent-Luis» – «Kalgari» 

«Dallas» – «Vankuver» 

SHarqiy konferenciya

«Filadelfiya» – «Monreal»

«Tampa» – «Kolambus» 

«Vashington» – «Aylenders» 

«Boston» – «Karolina»

Malumot uchun, koronavirus pandemiyasi sabab Muntazam chempionat muddatidan avval tugatilgandi. Pley-offga o’sha to’xtatilgan paytda eng ko’p ochko to’plagan 24 ta jamoa yo’l olgan edi. Stenli Kubogida “Ottava Senatorz”, “Detroyt Red Uingz”, “Baffalo Seybrz”, “Nyu-Jersi Devilz”, “Los-Anjeles Kingz”, “San-Xose SHarks” va “Anaxaym Daks” klublari ishtirok etmayapti. Pley-offning barcha uchrashuvlari Toronto va Edmonton shaharlarida markazlashgan holda o’tkazilmoqda.

Fikr bildirish