Birinchi kashfiyot – "Lokomotiv" hujumkor yarim himoyachisi Azizbek Amonov.
Oldingi 4 yil davomida O’zbekiston chempionatida faqat bittadan gol urib kelgan Azizbek Amonov 2021 yilda hozirgacha 7 bor raqiblar darvozasini aniq nishonga oldi.
Etiborlisi bu mavsum Amonov dastlabki 11ta turda umuman gol ura olmadi. 12-turda "Paxtakor" darvozasini ishg’ol qilgan futbolchi keyingi turda "Nasaf" bilan bahsda dubl qayd etdi.
16-turda "Turon" bilan o’yinda penaltidan gol ura olmadi va birozdan so’ng o’yindan to’p kiritdi. Toshkentda "Surxon" darvozasiga yo’l topa oldi. Bekobodda 10 kishi bo’lib qolgan "Lokomotiv"ga so’nggi daqiqalarda g’alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. 22-turda "Andijon" bilan uchrashuvda mavsumdagi o’zining 7-golini urdi.
7ta gol urishdan tashqari futbolchi 3 marta sheriklariga golli uzatma berishga ham erishganini takidlash lozim.