O’tgan turda "Paxtakor"ni enggan "So’g’diyona" bugun poytaxtning boshqa bir vakili — "Lokomotiv" maydoniga safar qiladi.
O’zaro uchrashuvlar tarixiga nazar solsak, bugungi o’yinda "temiryo’lchilar" favoritdek ko’rinadi:
Ushbu jamoalar O’zbekiston chempionatlari tarixida 27 bor to’qnash kelishgan. 17 o’yin "Loko"ning, 5 tasi jizzaxliklarning foydasiga hal bo’lgan, 5 durang.
SHu paytga qadar "Lokomotiv"dan 58 gol o’tkazgan "So’g’diyona" futbolchilari 16 bor javob qaytarishgan.
Eng yirik hisob 2015 yilgi mavsumning 2-davrasida qayd etilgan. 18-turda "So’g’diyona"ni qabul qilgan "Loko" raqib posbonini 7 bor ranjitgan edi. Malumot uchun, o’shanda poytaxt klubi sharafini himoya qilgan Jasur Hasanov ("So’g’diyona"ning hozirgi sardori) 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Biroq, musobaqa jadvaliga etibor qaratib, oxirgi o’yinlarni eslasak, ustunlik Ulug’bek Baqoev jamoasi tomonga o’tib ketadi. 23-turdan keyin "Loko" va "So’g’diyona" orasida tafovut 10 ochkoni tashkil qilyapti.
Poytaxt klubi 4 o’yindan beri Jizzax jamoasini enga olmayapti, ularning 3 tasida mag’lub bo’lgan.
25.06.2021. "So’g’diyona" 0:0 "Lokomotiv"
02.10.2020. "So’g’diyona" 2:1 "Lokomotiv"
20.06.2020. "Lokomotiv" 1:2 "So’g’diyona"
26.07.2019. "So’g’diyona" 1:0 "Lokomotiv"
SHuningdek, "temiryo’chilar" bu bahsga juda yomon kayfiyatda etib kelganini ham unutmaslik kerak. 23-turda Qo’qonda mehmon bo’lgan Mikael Sekeyra mag’lubiyatli o’yin yakunida bildirgan achchiq fikrlari uchun jarimaga tortilgani aytilmoqda. "So’g’diyona" garchi kubokni tark etgan bo’lsa ham, chempionatdagi mag’lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda (8 o’yinlik). O’tgan turda chempion mag’lub qilingani esa jizzaxliklarga ruhiy ustunlik taqdim qilishi aniq.