Futbol

Superliganing ikki klub matbuot kotiblari lavozimlari ko’tariladi

74

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4366-sonli qarorining 8-bandi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligining 2019 yil 13 noyabrdagi 405-sonli buyrug’i ijrosini taminlash maqsadida 2019 yilning 11-12 dekabr kunlari Toshkent viloyatining tuman, shahar hokimliklari va davlat tashkilotlari axborot xizmati rahbarlari attestaciyadan o’tkazildi.

Superligada ishtirok etuvchi Bekobodning "Metallurg" va Olmaliqning AGMK klubi matbuot kotiblari Komiljon Jumaev va SHahboz Beg’amov bugun attestaciyadan muvaffaqiyatli o’tishdi.

Endi PQ-4366-sonli qaroriga muvofiq Jumaev va Beg’amov uch yil davomida o’z klublarida bir vaqtning o’zida Axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchi, Axborot xizmati rahbari va klub matbuot kotibi lavozimlarida ishlashlari lozim.

SHuningdek, kelgusi mavsumdan boshlab AGMK va "Metallurg" klublarida matbuot xizmati bo’limi kengaytirilib, axborot xizmatiga aylantiriladi.

Fikr bildirish