Boks/MMA

Superog’ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Evander Xolifild ringga qaytmoqchi ekanini malum qildi.

14

Uning qaytishi 2021 yilning mart oyiga mo’ljallanmoqda. Juda katta ehtimol bilan u britaniyalik Glen Makkroriga qarshi jang o’tkazadi. Xolifild va Makkrori telefon muloqotida jang yuzasidan o’zaro kelishib ham olishdi.

“Men Xolifild bilan telefonda gaplashdim. U men bilan jang qilishga rozilik berdi. Evander 30 yil mendan qochib yurdi. Nihoyat, o’zida jasorat topa olganidan xursandman. O’ylashimcha, bizning jangimiz aprel oyida bo’lib o’tadi. Men qo’lqopsiz janglar promousheni – Bare Knuckle Boxing vakillari Jo Braun va Jim Frimanlar bilan gaplashdim, ular aprel oyida O2 arenada bizning jangimizni tashkil qilishmoqchi. 

Malumot uchun, Evander Xolifild so’nggi bor 2011 yilda ringga ko’tarilgan edi. Avvalroq, Mayk Tayson – Evander Xolifild jangi haqida gap borgandi. Agar bu reja amalga oshsa, muxlislar trilogiya guvohiga aylanishadi. Bundan avvalgi har ikkala jangda Evander g’alaba qozongandi.    

Fikr bildirish