Jang san’atlari

Svetlana Radzivilning yangi mavsumdagi birinchi g’alabasi

32

17 fevral, dushanba kuni Obonne shahrida (Fransiya) hisob bo’yicha to’qqizinchi ayollar musobaqasi “Elite en salle féminin du Val d’Oise” bo’lib o’tdi, unda balandlikka sakrash bo’yicha sportchilarimiz Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanovalar ishtirok etishdi.
Svetlana 1.93 natijani ko’rsatib, Osiyodagi mavsumning eng yaxshi natijasi bilan musobaqa g’olibasi bo’ldi. Ikkinchi o’rinni, 1,91 natijani ko’rsatib, Sent-Lusiyalik Jenell Sheper egalladi. Uchinchi o’rinni 1,88 natija bilan pentatlon bo’yicha o’spirinlar o’rtasidagi jahon rekordchisi Ukrainalik sportchi Alina Shux egalladi.
Ikkinchi ishtirokchimiz Nadiya Dusanova, 1.81 natija bilan, oltinchi o’rinni egalladi.

Fikr bildirish