Futbol

Tajribali himoyachi Artyom Filiposyan Tailand 2-ligasi ishtirokchisi “Muangkan Yunayted” sharafini himoya qildi. Yaqinda futbolchi yurtimizga qaytib keldi.

163



Tajribali himoyachi Artyom Filiposyan Tailand 2-ligasi ishtirokchisi “Muangkan Yunayted” sharafini himoya qildi. Yaqinda futbolchi yurtimizga qaytib keldi.

Artyom Filiposyan: “Tailand klubi maoshimizni qisqartirib tashlagani bois kelishuvni bekor qildim”

Teglar : 
Artyom FiliposyanMuangkan Yunayted
Tajribali himoyachi Artyom Filiposyan Tailand 2-ligasi ishtirokchisi “Muangkan Yunayted” sharafini himoya qildi. Yaqinda futbolchi yurtimizga qaytib keldi.

SHundan so’ng u bilan suhbatlashdik. 

–  Dekabr oyi boshida yurtimizga qaytib keldim. Hozirda oilam davrasida dam olmoqdaman. Endilikda o’zim yakka tartibda mashg’ulotlarni boshlab yubordim. Tailand klubi bilan shartnomam o’zaro kelishgan holda bekor qildim. CHunki Tailandda pandemiya boshlanayotgani bois, “Muangkan Yunayted” rahbariyati maoshimizning 50 foizgacha qisqartirmoqchi bo’ldi. Albatta, bunga rozi bo’lganimiz yo’q. Natijada, shartnomani bekor qildik. 

Bu vaqt oralig’ida Tailandning ikki klubidan ham taklif kelib tushdi. Biroq ular ham maoshimizni qisqartirgan holda va 6 oylik shartnoma taklif bilan chiqdi. Uyga qaytishni afzal bilgan holda uyga qaytdim. 

“Buxoro”dan taklif borasida? Aniq taklif bo’lgani yo’q. Faqatgina, og’zaki holda gaplashmoqdamiz. Nima bo’lishini vaqt ko’rsatadi. Tez orada yakuniy bir qarorga kelaman.

Fikr bildirish