Boks/MMA

Telemundo Deportes kanali sharhlovchisi Migel Gurvic Saul Alvaresning (57-1-2, 39 KO) bo’lajak raqiblari – Dmitriy Bivol (19-0, 11 KO) va Gennadiy Golovkinni (42-1-1, 37 KO) solishtirdi.

171

— Kaneloning Golovkin bilan uchinchi jangi Meksika mustaqillikka erishgan kunda tashkillashtirilishi kerak, qiziq bo’ladi! Butun dunyo bu jangni ko’rishni xohlaydi. Pul, chiptalar. Hamma bu jang haqida gapiradi. Lekin, Kaneloning raqiblarini solishtiradigan bo’lsak, u uchun Bivol xavfliroq deb o’ylayman”, – deya takidlagan ekspert.

Kanelo — Bivol jangi 7 may kuni bo’lib o’tadi, Saulning Golovkin bilan trilogiyasi esa 17 sentyabr sanasida o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Fikr bildirish