Futbol

Tokio-2020 qoldirilishi. Bu 2021 yilgi Jahon chempionatini Toshkentda o’tkazilishiga qanday ta’sir qiladi?

3

Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer ijtimoiy tarmoqlarda o’z obunachilarining savollariga tez-tez javob berib turadi.
Janob Vizer, bilasizki, Olimpiya o’yinlari 2021 yilga qoldirildi. Toshkentda bo’lib o’tishi kerak bo’lgan 2021 yilgi Jahon chempionati 2020 yilga ko’chirilishi mumkinmi? Shu yilning oktabr oyida bo’lib o’tadigan Toshkent Gran-prisida jahon chempionati bo’lish imkoniyati bormi?
– Hozir biz og’ir vaqtni boshdan kechirmoqdamiz va vujudga kelgan vaziyat biz uchun kutilmagan bo’ldi. Albatta, vaziyat yaxshilanganidan so’ng, biz dzyudo bo’yicha saralash musobaqalari va boshqa turnirlarning o’tkazilishini ko’rib chiqamiz.
– Dzyudo misolida Tokio-2021 saralashlari qanday amalga oshiriladi? Qaysi tizim boyicha?
– Tez orada Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi yangi ko’rsatmani taqdim qiladi. “Pandemiya”ni bartaraf qilganimizdan so’ng biz yangi strategiya va taqvim rejasini ishlab chiqamiz.
– 2024 yilgi Parij Olimpiadasi ham bir yilga qoldiriladimi?
– Menimcha, Tokio Olimpiada o’yinlarini ko’chirish eng to’g’ri qaror bo’ldi. Bunday qarorni qabul qilish oson emas edi. Umid qilamanki, 2024 yilga kelib barcha xavf-xatarlar bartaraf qilinadi va Parij Olimpiadasi o’z vaqtida o’tkaziladi.

Fikr bildirish