Futbol

Tomas Bax XOQga 2025 yilgacha rahbarlik qiladi

13

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining amaldagi prezidenti Tomas Bax qo‘mitaning 2021 yil martda Afinada o‘tadigan 137-sessiyasida yangi 4 yillik muddatga qayta saylanadi. Bu Bax ushbu lavozimga yagona nomzod bo‘lib qolganidan keyin ayon bo‘ldi. 


Foto: Fabrice Coffrini/AFP

XOQ prezidenti lavozimiga nomzodlardan arizalar qabul qilinishi 30 noyabrda yakunlandi. Biroq Baxga hech kim raqobatchilik qilishga jazm qilmadi. Shu sababli nemis ushbu lavozim uchun o‘tadigan saylovlarda yagona nomzod bo‘ladi.  

XOQ ijroiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, qo‘mitaning saylangan prezidenti Tokioda 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tadigan Olimpiya o‘yinlaridan keyin o‘z vakolatlarini bajarishga kirishadi. 

Baxning ta’kidlashicha, u o‘z rafiqasi bilan maslahatlashgandan keyin Olimpiya harakatiga xizmat qilishni davom ettirish va yangi muddatga nomzodini ilgari surish istagini bildirdi.

Qilichbozlik bo‘yicha 1976 yilgi Olimpiya chempioni, 66 yoshli Bax XOQga 2013 yildan beri rahbarlik qiladi. U 8 yillik muddatga saylangan va amaldagi tartib-qoidalarga ko‘ra yana 4 yilga saylanishi mumkin. Bax qayta saylangandan keyin uning yangi prezidentlik muddati 2025 yilda o‘z poyoniga yetadi.

Fikr bildirish