Jang san’atlari

Toshkentda Xalqaro qilichbozlik akademiyasi ochiladi

61

Ma’lumki, mamlakatimizda boks, dzyudo, og’ir atletika va kurash kabi sport turlari boshqa sport turlarga nisbatan ancha rivojlangan hisoblanadi. Ayni paytda boshqa sport turlarini rivojlantirish bo’yicha katta ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Ijroiya qo’mitasi a’zolari Aze Erika, Novak Perovich va Vitaliy Logvinlar Toshkentga yetib kelishdi va O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasida bo’lib o’tgan yig’ilishda yuqorida aytib o’tilgan masalalar muhokama qilindi. Faxriy mehmonlarni MOQ prezidenti Rustam Shaabduraxmonov kutib oldi.
– Sizning tashrifingizdan juda mamnunmiz. Men MOQdagi faoliyatimdan oldin ikki yil qilichbozlik federatsiyasining rahbari bo’lib ishladim va janob Logvindan katta tajriba to’pladim. Erishgan yutuqlarimiz muhtaram Prezidentimizning sportni rivojlantirishga qaratayotgan e’tiborining natijasidir. Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan beshta tashabbusning ikkinchisi aynan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan.
Muhtaram Prezidentimiz mintaqadagi davlatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamladi. Endi qo’shni davlatlar bilan sport sohasini ham rivojlantirishimiz kerak. Shu maqsadda biz Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasini tuzdik. Ayni paytda Eron va Mongoliya bizning tashkilotimizga qo’shilish istagini bildirishmoqda. O’zbekistonda sizning qo’llab-quvvatlashingiz bilan tashkil etilgan akademiya qilichbozlikni ommalashtirishga o’z hissasini qo’shishiga ishonaman ”, dedi Rustam Shaabduraxmanov.

Fikr bildirish