Futbol

Tribunadan otilgan narsa “Roma” yarimhimoyachisining boshini qonga belab yordi

26

“Roma” yarimhimoyachisi Lorenso Pellegrini Yevropa Ligasi guruh bosqichining “Bashakshehir” ga qarshi mehmonlik uchrashuvi vaqtida tribunadan otilgan narsadan aziyat chekdi. 23 yoshli italiyalik tangaga o’xshash narsa uning boshiga urilganida burchakdan gol urishga tayyorlanmoqda edi. Futbolchi boshidan qon ketdi va o’yin yordam ko’rsatish jarayonida vaqtincha to’xtatildi. Shifokorlar Pellegriniga bandaj qo’yishdi va u o’yinni davom ettirdi.

Fikr bildirish