Futbol

Turkiya to‘purari Shomurodovni to‘xtatib qololmagan jamoa qiziqish markaziga tushgan

302

Turkiyaning «Xatayspor» hujumchisi Aaron Bupendza Italiyaning «Atalanta» jamoasiga o‘tishi mumkin.

Bergamoliklar turkiyalikka nisbatan jiddiy qarashlarga ega. Bu haqda Nikolo Skira xabar beradi. 24 yoshli gabonlik Bupendza Turkiyada 2020/21 yilgi mavsumda 36ta o‘yinda 22ta gol urib, eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Oldinroq unga «Tottenxem», «Krasnodar» va «Seltik»dan qiziqishlar bo‘lgan edi.

Xabaringiz bor, hamyurtimiz Eldor Shomurodov «Atalanta» darvozasiga ikkita gol urgan edi.

Fikr bildirish