Bosh sahifaFutbolTurkiyaning Antalya shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirayotgan “Navbahor” bugun mazkur yig’in doirasidagi so’nggi nazorat bahsini Rossiyaning “Tom” (Tomsk) klubiga qarshi o’tkazdi.
Turkiyaning Antalya shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirayotgan “Navbahor” bugun mazkur yig’in doirasidagi so’nggi nazorat bahsini Rossiyaning “Tom” (Tomsk) klubiga qarshi o’tkazdi.
“Navbahor” Turkiyadagi so’nggi nazorat o’yinida Rossiya klubini yirik hisobda taslim etdi
Teglar : “Navbahor”“Tom”
Turkiyaning Antalya shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirayotgan “Navbahor” bugun mazkur yig’in doirasidagi so’nggi nazorat bahsini Rossiyaning “Tom” (Tomsk) klubiga qarshi o’tkazdi.
"Navbahor" – “Tom” 3:0
Gollar: 25' Jamshid Iskanderov, 47' Ivan Salnikov, Igor Golban
"Mazkur o’yinda to’liq ustunlikka erishgan "Navbahor" rossiyaliklarni yirik – 3:0 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. O’yin borasida to’xtaladigan bo’lsak, “lochinlar” uchrashuvning 25-daqiqasida tajribali yarim himoyachi Jamshid Iskanderovning ajoyib tarzda amalga oshirgan jarima zarbasidan so’ng, hisobni ochib, tanaffusga 1:0 hisobidagi g’alaba bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo’limni hujumkor tarzda boshlagan vakillarimiz tezkor gol urishga muvaffaq bo’lishdi. 47-daqiqada jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov 30 metrlar chamasi uzoqlikdan kuchli zarba yo’llagan holda, Ivan Salnikov qo’riqlayotgan darvozani aniq nishonga olib, hisobdagi farqni oshirdi – 2:0.
Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida tajribali himoyachi Igor Golban jarima zarbasini chiroyli tarzda amalga oshirgan holda, tomskliklar darvozasini aniq nishonga olib, yakuniy hisobning 3:0 ko’rinish olishini taminladi.
Samvel Babayan shogirdlari Turkiyadagi ikki haftalik yig’inni bugun yakunlashdi va ertaga yurtimizga qaytishadi.
“Lochinlar” Antalyadagi o’quv-mashg’ulot yig’inida 5 ta nazorat-sinov bahslari o’tkazib, Qozog’istonning “Akjayik” (1:0) hamda “Qayrat” (1:0), Armanistonning “Alashkert” (1:0) va Rossiyaning “Tom” (3:0) klublarini mag’lubiyatga uchratib, faqatgina Rossiyaning “Ximki” (1:2) jamoasiga imkoniyatni boy berishdi, xolos", -deb yozadi “Navbahor” PFK matbuot xizmati.