Yarimog’ir vazn toifasidagi UFC qiroli bir yildan beri og’ir vazn toifasidagi debyutiga tayyorgarlik ko’ryapti. O’zining vazn toifasida mashhurlar qolmaganligi hamda kam gonarar sababli u yangi vazn toifasiga o’tmoqchi.
Frencis Ngannu UFC260 kechasida g’alaba qozongandan keyin, Jons bilan jang qilishga kelishildi. Uayt mamnuniyat bilan qo’lini uzatdi, biroq Jons savdolashishni boshladi, bu esa UFC rahbarining g’azabiga sabab bo’ldi.
Jons o’zini Makgregor bilan taqqoslab, UFC ning rekord narxini davo qilyapti. Uayt shartlarga rozi emas
UFC 260 dan keyin Jons Ngannuning keyingi raqibi bo’lishiga hammaning ishonchi komil edi. Jon kamerunlik jangchi bilan bo’ladigan bahs shov-shuvli bo’lishiga vada berdi, hamda Twitter’da u tayyorligi, lekin katta gonorar xohlayotganini aytib o’tgan.
Uayt bir yil oldin shu jangni tashkil qilishga harakat qilgan edi. O’shanda Jons 30 million dollar so’ragan, Dana unga yarimog’ir vazn toifasiga qaytishni va Reesga revansh berishni (ko’plab muxlislar Domenik Jonsni mag’lub qilgan deb hisoblashadi) maslahat berdi. Ammo chempion bunga rozi bo’lmadi va kamardan voz kechdi hamda 20 kilogramm vazn to’pladi. Ngannuning g’alabasi yana to’qnashuv masalasini ochdi.
Dana og’ir kelishuvlarga qaramasdan jangni tashkil qilishni istayotganini takidladi:
“Menga Jons va Ngannu qarama-qarshiligi g’oyasi yoqyapti. Bugun kechqurun bu kelishuvni hal qilishimiz mumkin. Derrik Lyuis Ngannu bilan jang qilishi kerak edi, lekin Jons bu to’qnashuvni haqiqatan xohlasa… SHoshmang, birinchi ish Tvitterda yozish, boshqasi oktagonga chiqish. Jon telefonni olishi hamda qo’ng’iroq qilishi kerak va shundan keyin biz kelishuvga erishamiz”.
Bu gaplardan so’ng Jons “portladi”: u Twitter’da Danani tanqid qildi va yaxshi pul to’lamasa ketishga tayyorligini malum qildi.
“Iltimos, meni bo’shating. SHubhasiz, Uayt meni yomon ko’radi. O’zimni qanotlarim qirqilgandek his qilyapman. Boshqa joyda faoliyat yuritishimga imkon bering”,-deb Tvitterda yozib qoldirgan, biroq keyin uni o’chirib tashlagan. Ijtimoiy tarmoqdagilar Jons Ngannudan qo’rqqanligi sababli, aqlbovar qilmas darajada gonarar talab qilgan deb hisoblashmoqda. Jonning o’zi ham mag’lub bo’lishdan qo’rqib katta pul so’raganini tan olgan:
“Og’ir vazn toifasida g’alaba qozonolmaslik ehtimoli yuqori bo’lganligi uchun ham shunday qildim. Ngannu qo’rqinchli, u mening jag’imni sindirish ehtimoli bor, ammo ko’proq gonorar evaziga rozi bo’lishim mumkin”.
Jons hatto o’zini Makgregor bilan solishtirib, u oladigandek gonararni ham talab qildi:
“Agar Konor pul xohlasa, hayratlanarli emas. Ammo Jon Jons istasa, u qo’rqqan bo’ladi. Nega jangchi o’ziga mos pulni talab qilishdan qo’rqishi kerak? Bu odamni g’azablantiradi”, – deb aytgan.
Daniel Korme Jonni qo’llab-quvvatlab, “Bularga qaramasdan Jons Ngannudan qo’rqmaydi, u aytadi va bajaradi. Odamlarning uni qo’rqoq deb atashayotgani noto’g’ri. Jons men ko’rgan eng qobiliyatli jangchilardan biri. U aqlli va jang uslubini nazorat qila oladi”,-deb hisoblashini aytgan.
Jons Ngannu bilan bo’ladigan bahs uchun 40 million, murabbiy esa 50 demoqda, bu UFC uchun hayratlanarli raqam
Jon Ngannu bilan jangini shov-shuvli bo’lishiga ishonchi komil.
“Bir necha kun oldin UFC rahbariyati bilan telefonda gaplashdik va ularga bu jang uchun 8 dan 10 milliongacha pul etmasligini aytdim. Ularning taklifini kutyapman hamda raqamlar past bo’lmasligidan umid qilaman.
Hech kimda jangni ko’rish uchun buncha muxlis bo’lmaganligiga ishonchim komil. Men ko’p yil ishladim, operaciya bo’ldim, eng xavfli raqiblarga qarshi kurashdim. Hayotimdagi eng katta jangga qatnashayotganimda o’zimni telbadek his qilmasligim uchun menga kerakli pul lozim”, – deya malum qilgan.
U deyarli 10 yil davomida divizionda mag’lubiyatsiz faoliyat yuritdi, biroq Ngannunidan mag’lubiyatga uchrasa uning karerasiga jiddiy zarar etishi mumkin.
Jonsning moliyaviy ishtahasi hatto UFC uchun imkonsiz. Bir yil oldin 30 million talab qilgan bo’lsa, endi bu summa 10 million dollarga oshdi. Uning murabbiyi Uayt unga 50 million berishga to’xtaganini malum qilgan, lekin buncha mablag’ boks uchun mumkin, biroq UFC uchun hayratlanarli raqamlar. Mayk Vinkeldjon “Bu 100 million dollar ishlab olgan Floyd Meyvezerning jangiga o’xshab katta bo’ladi. Nega UFC Jonga 50 million to’lashga rozi bo’lmayotganini tushunmayapman? Jon Jonsdek super yulduz UFCga kerak. Oldin ular Makgregorga ishonishgan, ammo hozir Konor o’zining ustunliklarini yo’qotgan. Mashhurlargina UFC ga pul olib kelishadi”,-deb aytgan.
Jons UFC’dagi eng ustun jangchi hisoblanadi. Ammo mashhur emas – moliyaviy holati kuchsiz
UFC jangchilarining umumiy reytingida Jons birinchi o’rinni egalladi: shu kungacha mag’lubiyatsiz 27 ta jang o’tkazdi, shuningdek 23 yoshida eng yosh chempion bo’lgan. Biroq Jons UFC dagi eng mashhur jangchi emas. Jons ishtirokidagi musobaqalar translaciyasi milliondan oshmagan.
Jons qatnashgan turnirlarning o’rtacha ko’rsatkichi 500 ming bo’lgan va uning ishtirokidagi eng yaxshi uchta turniri milliondan ham oshmagan:
UFC 214-Jons-Korme 2:860,000;
UFC 182-Jons-Korme:800,000
UFC 232-Jons-Gustafsson 2:700,000
Buning barchasiga Jonsning tushunarsiz uslubi sabab, chunki u deyarli nokaut bilan g’alaba qozonmaydi va janglarining ko’pi hakam qarori bilan hal bo’ladi. Jonsning so’nggi yillardagi yorqin bahslarini deyarli topa olmaysiz, yoshligida o’zini ko’rsatgan bo’lsa, hozirda faqatgina sovuq natijalar ko’rsatmoqda. U Makgregordek pul olishni xohlaydi, lekin uni irlandiyalik bilan taqqoslash imkonsiz.
Konor – UFC uchun pul manbayi: irlandiyalik ishtirokidagi etti musobaqa translaciyasi milliondan oshdi. Bu judayam ajoyib natija. Lekin Jons so’rayotgan gonorarni hatto Konor ham olmagan: irlandiyalik asosan translaciyadan ko’proq pul olgan. Masalan, Pore bilan ikkinchi jang uchun Konor 5 million, Xabib bilan bahsdan 3 million ishlagan. Jon bokschilar oladigan 10 million dollarni talab qilyapti, biroq bu UFC uchun sezilarli darajada past.
Jons 2020 yil fevraldan beri janglarda qatnashmadi. Hozirda u 20 kilogramm vazn to’pladi. Jonning mashg’ulot qilayotgan videolarida u Ngannudan farqli ravishda qo’pol va semiz ko’rinadi.
Jonsning talablariga Uayt rozi bo’lmasligi ham mumkin. Yaqinda u Dana bilan kelishuvga erishganini aytgan bo’lsada, biroq bu aprel haziliga aylanib ketdi. Jons tavakkal qilmasligi va debyutini Ngannuga qaraganda kuchsizroq jangi bilan o’tkazgani maqul. Agar bu jang sodir bo’ladigan bo’lsa uning raqamlarni kamaytirish niyati yo’q, shuningdek Uayt bu yil yozda Ngannu-Lyuis bahsini o’tkazishga deyarli tayyor.
Sports.ru sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi