Boks/MMA

Uchta chempionlik jangida oktagonga ko’tarilgan Aleksandr Gustafsson mashg’ulotda jarohat orttirib oldi.

249

Natijada uning Pol Kreygga qarshi o’tkazadigan jangi bekor qilindi. UFC promousheni endi shveciyalik jangning o’rniga boshqa nomzod topishi kerak. Aleksandr Gustafssonning yarimog’ir vazn toifasiga qaytishi yana nomalum muddatga suriladigan bo’ldi. 

Gustafsson – Kreyg to’qnashuvi UFC Fight Night 191 turnirining anderkard jangi bo’lishi kerak edi. 34 yoshli Gustafsson 2020 yilning iyul oyida og’ir vaznda debyut qilgan va birinchi raunddayoq Fabrisio Verdumga imkoniyatni boy berib qo’ygandi. Ungacha ham shved jangchisi Jon Jons va Entoni Smitga nokaut bilan yutqazgandi.

33 yoshli shotlandiyalik Pol Kreyg esa Gustafssondan farqli ravishda oxirgi beshta jangidan buyon mag’lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. UFC Fight Night 191 turniri 4 sentyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo’lib o’tadi. Oqshomning markaziy jangi o’rta vaznda Derek Branson va Darren Till o’rtasida o’tkaziladi.

Fikr bildirish