Futbol

“Ufa” Oston O’runov uchun “Lokomotiv”ga 150 ming dollar to’laydi

57

19 yoshli xavbek “Ufa”ga o’tadi. U RPL klubiga qishki yig’inda qo’shildi va jamoa bosh murabbiyi Vadim Evseevda yaxshi taassurot qoldirdi.

Manbaning xabariga ko’ra, O’runovga 5 yillik shartnoma taklif qilinadi va transfer narxi 150 ming dollarni tashkil etadi.

O’runov “Ufa”ning o’rtoqlik o’yini doirasidagi “Uypesht” jamoasiga qarshi o’yinda ham ishtirok etishga ulgurdi.

Futbolchi “Lokomotiv”ga 2019 yilning iyulida o’tgan edi va jamoa safida 13ta o’yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Eslatib o’tamiz, “Lokomotiv” Oston O’runovning transferi uchun “Navbahor”ga 343 million so’m to’lagan edi.

Fikr bildirish